Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy himoya doirasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi manzilli monitoring tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda Mahalliy byudjet komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Monitoring davomida S.Abdulla MFY, Yangi dehqon ko‘chasi 7-uyda istiqomat qiluvchi X.Jo‘rayeva xonadonida qaror asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan loyiha doirasida ajratilgan yordam va bajarilayotgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Ishchi guruh tomonidan xonadonda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish materiallarining yetarliligi, ishlarning borishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi o‘rganildi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifatli tashkil etilishi, fuqaroga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda obyektni o‘z vaqtida topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini joylarda nazorat qilish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4