Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat nazoratidagi masala ijobiy hal etildi

Deputat nazoratidagi masala ijobiy hal etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Shanoza Mustafayeva tomonidan 26-mavze, “Shirin” MFY aholisidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi. Murojaatlarda hududdagi qurib qolgan daraxtlarni kesish hamda ayrim daraxtlarga shakl berish (butalash) masalalari ko‘tarilgan edi.

💬 Deputat tomonidan masala tegishli tashkilotlar bilan muhokama qilinib, ijrosi nazoratga olindi. Natijada tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda hududga mas’ul boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amaliy ishlar olib borildi.

💼 Bajarilgan ishlar davomida 20 dan ortiq qurib qolgan daraxtlar kesilib, hududdagi bir qator daraxtlar butalandi va tartibga keltirildi. Mazkur ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan ham nazorat qilinmoqda.

🔼 Amalga oshirilgan ishlar mahalla aholisining murojaatlari asosida hudud obodonligini ta’minlash va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6