Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ishchi guruh tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi hamda davlat dasturlari ijrosi holati tahlil qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalari xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4