Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati Sh.Norsayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati Sh.Norsayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Norsayev hamda bosh mutaxassis T.Murodov "Navro‘z" mahallasida kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi hamda  Termiz tumani Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatda kanalning to‘lib ketgani, tozalanmagani sababli hududga suv yetib bormayotgani bildirilgan.

Joyida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mazkur hududdagi kanalda suv oqimi barqaror ekani, suv harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammo yo‘qligi aniqlandi.
Shu bilan birga, kanal qirg‘oqlarida o‘sib ketgan o‘simliklar, qamish hamda begona o‘tlar suv oqimi pasaygan yoki to‘xtagan davrlarda fuqarolar tomonidan ham tozalanib turilishi mumkinligi, bu jamoatchilikka ko‘rsatiladigan yordam ekanligi tushuntirildi.

Shuningdek qamish va begona o‘tlar ko‘paygan qum-tuproq yig‘ilgan joylarni esa tozalash ishlari maxsus texnika yordamida amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, hududdagi suv ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 5