Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. HUDUDLARARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-«Nomdanak» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich hamda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining To‘lebi
tumani hokimi Alimukulov Yerkegali Amantayevich va Tyulkubas tumani hokimi Yestibayev Askar Sultanovich o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuv imzolandi. Hamkorlik doirasida Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining To‘lebi va Tyulkubas tumanlari hokimlaridan iborat delegatsiya Parkent tumanida bo‘lib, hududning turizm obyektlari, zamonaviy dam olish
maskanlari hamda mavjud turistik infratuzilma bilan yaqindan tanishdi.Mehmonlarga Parkent tumanining tog‘ va ekoturizm yo‘nalishidagi salohiyati,mehmonxona majmualari, xizmat ko‘rsatish sifati va sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.Shuningdek, delegatsiya vakillari hududda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jalb etilgan investitsiyalar va istiqboldagi tashabbuslar bilan tanishib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Muzokaralar davomida qo‘shma turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish,
mehmonxona xo‘jaligi va servis xizmatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Imzolangan kelishuv hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda turistik xizmatlar sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, tomonlar tajriba almashish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, turistik infratuzilmani takomillashtirish va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, hududlararo aloqalarni kengaytirish hamda Parkent tumanining boy turistik imkoniyatlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.
  

Slide 1 of 7