35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ernazarov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ernazarov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari 45-ds-377-26-sonli so'rovga asosan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiyasamaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan rejalashtirilayotgan va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berilish so’ralgan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Budjet tashkilotlarida mazkur qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik energiyasini tejash maqsadida quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan geliokollektorlar (quyosh suv isitish qurilmalari) o‘rnatilmoqda. Tuman hududidagi 46 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga jami 78 ta geliokollektor o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 74 tasi o‘rnatildi. Qolgan 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida esa geliokollektorlarni o‘rnatish va mavjud tizimga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1