35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
➡️10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi deputati Doniyor Mahmudovich Isxakov tomonidan saylov okrugida navbatdagi uchrashuv va o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla faollari, mahalla yettiligi hamda hudud aholisi bilan muloqot qilinib, saylov okrugidagi mavjud muammolar va dolzarb masalalar muhokama etildi. Xususan, ichki ko‘chalarning holati, obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash, hududda yashovchi fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularning har biri yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, murojaatlar ijrosini nazoratga olish va hududdagi mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 8