Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Deputat nazorati: Pensiya ta’minoti sohasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Laziz Musayev tomonidan tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tumanda mazkur qonun talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda pensiya ta’minoti sohasidagi tashkiliy ishlar tahlil qilindi.

Xususan, tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qonun ijrosini ta’minlash maqsadida yillik ish rejasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlangani va uning ijrosi ta’minlanayotgani qayd etildi. Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi, mahallalar, tuman hokimligi, FHDYo organlari va boshqa tegishli tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmi samarali yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Deputat tomonidan aholi o‘rtasida qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tushuntirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida sohada amalga oshirilayotgan ishlar qonun talablari asosida tashkil etilgani qayd etilib, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2