Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
#huquqiy_axborot_soati

📌 “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan yordam va xizmatlarning manzilliligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga amaliy ko‘mak berish mexanizmlarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilangan.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 1