Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni zarur dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.

Shu maqsadda Shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Sh.Madaminova 7-oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasadagi bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida deputatlar poliklinikada saqlanayotgan dori vositalari zaxirasi, ularning hisob-kitobi va aholiga yetkazib berish tartibi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, davlat dasturlari asosida bepul ajratilayotgan dori vositalarining mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi muhokama qilindi.

Deputatlar tibbiyot muassasasiga murojaat qilayotgan fuqarolar, ayniqsa surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Poliklinika rahbariyati tomonidan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shahar Kengashi deputatlarining mazkur o‘rganishi ham aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 5