Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
📢 AHOLI MUROJAATI – DEPUTAT NAZORATIDA!

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov tomonidan Qirg‘oqbo‘yi mahallasidagi ko‘p qavatli uylar kanalizatsiya tizimida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur masala bo‘yicha 2026-yil 1-aprel kuni aholi murojaatlari asosida deputatlik nazorati o‘rnatilgan va jamoatchilikka bu haqda ma’lumot berilgan edi. Oradan vaqt o‘tganiga qaramay, muammoning to‘liq bartaraf etilmagani deputat tomonidan qayta o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida kanalizatsiya tarmoqlaridan oqib chiqayotgan oqava suvlar ko‘p qavatli uylar atrofiga tarqalib, hududning sanitariya-ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.
🏗 Shuningdek, hududdagi Kanalizatsiya Nasos Stansiyasi (KNS) faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
⚠️ Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muammo atroflicha muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kanalizatsiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
🤝 Fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Har bir murojaat o‘z yechimini topguniga qadar deputat nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4