Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan “Tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan 1-bosqich “Drayver” loyihalariga zarur infratuzilmani yaratish ishlari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati E.Otaboyev hamda viloyat Kengashi deputati R.Primqulovlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 48-bandida belgilangan “Bekat” mahallasi hududidan o‘tuvchi 20V014F avtomobil yo‘lining 1 kilometr qismida mikro sanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, mazkur hududda mebelchilik, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, milliy shirinliklar tayyorlash hamda temir mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlarga yer maydonlari ajratilganligi, ushbu obyektlar qurilishi boshlanganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, hududning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yo‘l bo‘ylab zamonaviy yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4