Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi

22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi

Termiz tumanidagi At-Termiziy mahallasida joylashgan 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida barpo etilayotgan yangi qo‘shimcha bino qurilish ishlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilishning amaldagi holati, bajarilayotgan ishlar sifati, obyektda yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda belgilangan me’yor va talablarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish-montaj ishlari jadvali, ishchi kuchi va zarur qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik holati ham tahlil qilindi.

Tashrif davomida yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirilgach, o‘quvchilarga yaratiladigan imkoniyatlar, o‘quv jarayonini yanada yaxshilash va maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, barcha talab va standartlarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4