Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

Termiz tumanida “Fuqarolar tashabbusi” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, Termiz tumani markazlashgan moliya-buxgalteriya bo‘limi bosh hisobchisi A. Ibragimov hamda maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya bo‘limi boshlig‘i I. Norqobilov ishtirok etdi.

Monitoring tadbirlari davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan, jamoatchilik fikri asosida tanlab olingan g‘olib loyihalarning amalga oshirilish holati joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5072-sonli hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-666-IV-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida 2026-yil 1-bosqichida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar, jumladan Sabzipoya va Jo‘yjangal MFY hududlaridagi 13- hamda 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan moddiy-texnik bazani mustahkamlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ishlarning amaldagi holati tahlil qilindi.

Slide 1 of 6