Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Uzunda deputatlar faoliyatida huquqiy savodxonlik va mas’uliyat — Tuman Kengashi rahbariyati diqqat markazida

Uzunda deputatlar faoliyatida huquqiy savodxonlik va mas’uliyat — Tuman Kengashi rahbariyati diqqat markazida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritiladigan masalalarning puxta tayyorlanishi, ularning qonunchilik talablariga toliq mos kelishi qabul qilinayotgan qarorlarning hayotiyligini ta’minlashda bosh mezon hisoblanadi.

Shu maqsadda, Uzun tumanida "Sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda o‘rganish va Adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi" mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminarni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov olib bordilar.
Seminarning asosiy maqsadi: Mahalliy Kengash sessiyalariga olib chiqilayotgan qaror loyihalarining sifatini oshirish, ularni Adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonidagi xatoliklarning oldini olish va ekspertlar hamda adliya xodimlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishdan iborat.

Tadbir davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Sohaga mas'ul ekspertlar va Adliya organlari xodimlari ishtirok etgan ushbu seminarda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
Huquqiy ekspertiza predmeti: Qaror loyihalarining amaldagi qonunchilikka, ierarxik normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish mexanizmlari.
Dastlabki o‘rganish bosqichi: Masalalarni Kengash doimiy komissiyalarida batafsil va chuqur tahlil qilish tartibi.

Kamchiliklar tahlili: Amaliyotda loyihalarni tayyorlash va huquqiy ekspertizaga yuborishda eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularni bartaraf etish choralari.

Tadbir yakunida Kengash raisi D.Safarova har bir qaror zamirida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va aholi farovonligi yotganini ta’kidlab, hujjatlar sifatiga talabchanlikni yanada oshirish lozimligini qayd etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adliya xodimlari tomonidan batafsil javob oldilar.