Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Muammolar MFY idorasida eshitildi: Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova fuqarolar bilan uchrashdi

Muammolar MFY idorasida eshitildi: Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish va muammolarga adolatli yechim topish — bugun deputatlik korpusining eng asosiy vazifasidir.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova navbatdagi fuqarolar qabulini muammolarni joyida, tizimli hal etish maqsadida bevosita mahalla fuqarolar yigʻini (MFY) idorasida oʻtkazdi.

MFY idorasidagi ochiq muloqot
Mahalla idorasiga oʻz taklif va muammolari bilan kelgan fuqarolar Kengash raisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar. Samimiy va ochiq ruhda oʻtgan qabulda aholi tomonidan asosan quyidagi masalalar oʻrtaga tashlandi:

Xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish;

Moddiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash.

Muloqot davomida bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan boʻlsa, muddat talab qiladigan murakkab masalalar boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Kengash raisi tomonidan masʼul tashkilotlar va mahalla yettiligiga aniq vazifalar yuklatildi.

“Mahalla idorasi — xalq bilan davlat oʻrtasidagi koʻprik. Har bir fuqaroning murojaati ortida bitta oilaning taqdiri va quvonchi turibdi. Shuning uchun ham biz har bir masalaga masʼuliyat bilan yondashishimiz shart,”— dedi D.Safarova.