Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

Hurmatli arxiv sohasi xodimlari va faxriylari!

Sizlarni 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Arxivlar xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bebaho merosini asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi.

Yurtimizning kechmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi noyob hujjatlarni saqlash, ularni ilmiy muomalaga kiritish hamda kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli va mas’uliyatli vazifa aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda arxiv ishini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarda sizlarning munosib hissangiz alohida e’tirofga loyiq.

Shu munosabat bilan barcha arxiv sohasi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi