Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlik so'rovi yuborildi

Deputatlik so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sanjarbek Toxirov tomonidan “Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi” boshligʻi A.Gʻafforovga DEPUTAT SOʻROVI yuborildi.

“Yangiruzgʻor” mahallasi, Juma Pirnazarov koʻchasida** istiqomat qiluvchi aholi vakillari elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash masalasida murojaat qilishgan.

Masalani joyiga chiqib oʻrganish davomida maʼlum boʻlishicha:
Hududda elektr sifati va taʼminotini yaxshilash maqsadida 800 metr masofaga yangi beton ustunlar (stolbalar) oʻrnatilgan.

Biroq, hozirgi kunga qadar ushbu yangi beton ustunlarga elektr simlarini oʻtkazish (tortish) ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Yoz mavsumining issiq kunlarida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj keskin ortadi.

Aholi xonadonlaridagi maishiy texnika vositalarining barqaror ishlashini taʼminlash, eng muhimi — hududda xavfsizlikni saqlash maqsadida ushbu simlarni tez fursatlarda tortish zarurati mavjud.