Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijro va nazorat: "Gulira’no" mahallasida deputatlik faoliyati va aholi murojaatlari diqqat markazida
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash deputati O.Sharofutdinova shahardagi “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va mahalla faollarining ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bu esa har bir deputatning o‘z saylov okrugidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

▫️Mahalla raisi bilan muloqot: Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash va "mahallabay" ishlash tizimining natijalari muhokama qilindi.

▫️Deputat faoliyati tahlili: Kengash raisi D.Normuradova tomonidan deputat O.Sharofutdinovaning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlari va ko‘tarilgan muammolarning hal etilish darajasi tanqidiy tahlil qilindi.

▫️Inson qadri uchun: Mahallada yashovchi fuqarolardan biri o‘zini qiynayotgan masala yuzasidan murojaat qildi. Murojaat joyida tinglanib, uni qisqa muddatlarda hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

Maqsadimiz — xalq ichiga chuqurroq kirib borish, muammolarni xonadonbay aniqlash va ularga qonuniy yechim topish orqali xalqimizning roziligiga erishish!
Slide 1 of 2