Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov Qirguli mahalla fuqarolar yig‘inining Firdavs ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Murojaat mazmunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 13-sentabrdagi SQ-624-IV-son qarori bilan Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri hududiga qo‘shilgani, mazkur hudud tarkibidagi Firdavs ko‘chasi ham shahar tasarrufiga o‘tkazilgani, biroq kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq ayrim masalalar to‘liq yakuniga yetmaganligi qayd etilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida Qirguli MFY raisi, shahar soliq inspeksiyasining mahallaga biriktirilgan xodimi hamda shahar kadastr bo‘limi mutaxassisi ishtirok etdi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mavjud masalalarni tizimli hal etish, Senat qarori ijrosining to‘liq ta’minlanishi hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur masala bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 8