Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat X.Berdiyarova, tuman deputati X.Jo‘raxolov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan Boyovut tumanida faoliyat yuritayotgan “Haqiqiy Mebel Olami” MCHJga tashrif buyurilib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mahsulotlar sifati o‘rganildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur korxona tomonidan hozirgi kunda 42 turdagi mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxonada 25 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Shuningdek, korxona rahbari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Tadbirkor tomonidan yangi loyihalarni amalga oshirish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish va aholi bandligini yanada oshirish maqsad qilinganligi ta’kidlandi.

Tashrif yakunida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan tashabbuslarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 10