Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan hududdagi “Qizilsoy” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini o‘rgandi.O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Aniqlanishicha, hokim yordamchisi Bo‘tayev Abdumurod Abduraufovich tomonidan yil boshidan buyon 3 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qitilgan. Shuningdek, 12 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashilgan.Bundan tashqari, 10 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari ajratilgan. 50 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning kichik biznes subyektiga aylanishi uchun zarur amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.Shuningdek, 3 nafar fuqaro uchun mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar tashkil etilib, ushbu loyihalar amaliy faoliyatini boshlagani qayd etildi.Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va fuqarolarning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 3