Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputatlari M.Umurova, M.Atoyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sha.Tog’ayevlar ishtirokida Romitan tumanidagi “SARVINOZ 2018” DXSH maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining sanitariya-gigiyena holati, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda bolalarning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlash muddati va saqlash sharoitlari o‘rganilib, oshxona faoliyati ham tahlil qilindi. Bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1