Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi

Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi R. Maxammadiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov ishtirokida Olmazor tumanining “Istiqbol” mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va joyida hal etish maqsadida qabul tashkil etildi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, ijtimoiy masalalar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tashrif davomida mahalla hududida joylashgan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘linib, muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilash, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7