Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Odilov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh avlod tarbiyasi, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda farzandlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, maktablarda tashkil etilayotgan bolalar oromgohlari, turli to‘garaklar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati muhokama qilindi.

Shuningdek, farzandlarning kelajak kasbini tanlashi va oliy ta’lim muassasasiga kirish jarayonida ota-onalarning o‘rni, ularning qiziqishi va istaklarini inobatga olgan holda to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida mahallaning faxriy nuroniylari, hudud ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarning hayot yo‘li va ibratli faoliyati ham e’tirof etildi. Ular xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, nuroniylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va xizmatlari yodga olindi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi. Kelgusida yoshlar tarbiyasi va ta’lim sifati bilan bog‘liq masalalarda hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3