Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadiqova tomonidan o'zi saylov okrugi hududiga qarashli “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi hamda xotin-qizlar maslahatchisi ishtirokida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, mahallada har oy tashkil etilayotgan “Muammo va yechim” ochiq qabul kunlari samaradorligi, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar maslahatchisi bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan aniq muddatlar va mas’ullar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3