Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yirik investitsiya loyihasi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “LINKWISE” XK MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

📍 O‘rganish davomida “Naymankul” OFY hududida barpo etilayotgan zamonaviy intellektual hisoblash ma’lumotlar markazi loyihasining bugungi holati o‘rganildi.

🔹 Loyiha uchun 14,632 gektar yer maydoni 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan;
🔹 loyiha doirasida 8,75 trillion so‘m miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan;
🔹 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🔍 O‘rganish jarayonida qurilish ishlari boshlanganligi, loyiha tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilayotgani hamda zarur texnik va tashkiliy ishlar izchil davom etayotgani qayd etildi.

🤝 Tadbirkor va mas’ul mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirish jarayonida jiddiy muammolar mavjud emasligi, qurilish ishlariga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanmaganligi ma’lum qilindi.

📌 Mazkur loyiha nafaqat Taxiatosh tumani, balki butun hududning investitsion salohiyatini oshirish, yuqori texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish ishlari ekspert guruhi tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Slide 1 of 5