Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Muhammadiyev tomonidan Guliston shahri bo‘yicha 2026-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan hamda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan loyihalar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔻Jumladan, manzilli ro‘yxatga kiritilgan 15-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda Do‘stlik va Sohil mahallalari yoshlari uchun 12x24 metr o‘lchamdagi kurash maydonchasi qurish loyihasining bugungi holati va amalga oshirish bosqichlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur loyiha uchun ajratilgan yer maydonining bir qismi tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rab olingani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan qonunchilik talablari asosida huquqiy baho berish hamda tegishli tashkilotlarga murojaat kiritish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
❗️ Shuningdek, hudud aholisi va mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda mavjud sport infratuzilmasi holati ham muhokama qilindi. Xususan, mahalladagi futbol va basketbol maydonlarining aksariyati bugungi talab darajasiga javob bermasligi, ularni ta’mirlash va zamonaviylashtirish zarurligi qayd etildi.

📊Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida taklif va murojaatlar kiritilib, loyiha ijrosining keyingi bosqichlari ham nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 2