Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugidagi Mingbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan irrigatsiya va infratuzilma ob’ektlari qurilishi ishlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugidagi Mingbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan
irrigatsiya va infratuzilma ob’ektlari qurilishi ishlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi. Tashrif davomida mahallada aholi tomorqalari va ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga qaratilgan suv lotoklari qurilishi ishlarining
borishi bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, hozirgi kunda hududda beton ariqlar va suv lotoklarini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Qurilish ishlariga zarur texnika va qurilish materiallari jalb qilingan bo‘lib, belgilangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda. Deputat qurilish ishlarini amalga oshirayotgan mutasaddilar bilan suhbatlashib, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish muddatlari hamda aholi uchun kutilayotgan ijobiy natijalar xususida ma’lumot
oldi. Ta’kidlanganidek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi suv resurslaridan samarali foydalanish, suv yo‘qotilishining oldini olish va aholining tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot davomida suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, tomorqalardan unumli foydalanish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Fuqarolar tomonidan mazkur qurilish ishlari kelgusida suv ta’minotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

Slide 1 of 4