Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat aralashuvi muammoga yechim bo‘ldi

          Mustaqil davlatda yashasa-da, uning qonuniy fuqarosi bo‘lmaslik kishiga alam qiladi. Aniqrog‘i, oramizda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bor. Ular mahalladoshlari, atrofidagilar oldida o‘zlarini qandaydir kamsitilgandek his etishlari bor gap. Jalaquduqlik Gulnora Xidirova ham 1995 yildan buyon O‘zbekiston hududida doimiy yashaydi. Biroq fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatorida ekani uni qiynab kelardi. Shu masalada tuman kengashi deputati B.Bazarovaga murojaat qildi. O‘rganish jarayonida fuqaro G.Xidirova 30 yildan buyon O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligini aniqlash bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilganligi, biroq doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sabab uning murojaatlari rad qilingani aniqlandi. Shuncha vaqt joyi kelganda cheklovlarga duch kelish, yaqin qarindoshlari yashab kelayotgan qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga o‘ta olmaslik og‘ir. FBSH bo‘lgani uchun ota-onasining qabrlarini ziyoratiga ham bora olmayotgani uni qiynaydi. Suhbat davomida G.Xidirovaning qizi Ziyodaxon Xidirova ham fuqaroliksiz yashab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu muammo butun oilaning tashvishi ekanligini ko‘rsatadi. Deputat B.Bozorovaning aralashuvi bilan fuqaroning ko‘p yillik muammosi yechimini topdi. Fuqarolikka mansubligini aniqlash bo‘yicha xujjatlar rasmiylashtirildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili bilan birgalikda bu masalada Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudiga ariza kiritildi. Sud tomonidan ariza to‘liq qanoatlantirildi. Natijada har ikki
fuqaro O‘zbekiston fuqarosi deb topildi.
 

   

Slide 1 of 3