Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yoshlar siyosati amalda: DXX kubogi g‘oliblari munosib taqdirlandi

Yoshlar siyosati amalda: DXX kubogi g‘oliblari munosib taqdirlandi

📇 Uchtepa tumanining Katta qa’ni mahallasida DXX kubogi doirasida o‘tkazilgan futbol musobaqalarining final bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman Kengashi deputatlari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

📁 Mazkur musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda jamoaviy birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Ta’kidlash joizki, yoshlar o‘rtasida sport, ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbirlarni tashkil etish masalalari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 28-apreldagi III-28-39-14-202-K/26-son qarori bilan qo‘llab-quvvatlangan. Mazkur qarorga muvofiq, yoshlarning intellektual salohiyatiksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda besh muhim tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish belgilangan.

↗️ Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra mini-futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Sharq guli” MFY jamoasi birinchi, “Diydor” MFY ikkinchi va “Beshqayrag‘och” MFY uchinchi o‘rinni egalladi. Katta futbol musobaqalarida “Taqachi” MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Vatanparvar” MFY ikkinchi, “Bog‘iston” MFY esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

⚽️ Qizlar o‘rtasidagi mini-futbol bahslarida “Farhod” MFY jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Vatanparvar” MFY jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Taqachi”, “Farhod” va “Sharq guli” MFY jamoalari DXX kubogi musobaqasining shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🗣 Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 8