Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
PQ–386-son qaror ijrosi doirasida “Takiya ota” ziyoratgohidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi

PQ–386-son qaror ijrosi doirasida “Takiya ota” ziyoratgohidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ob’ektni foydalanishga topshirish jarayonining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim kamchiliklar va muammolar, ishlarning belgilangan grafik asosida amalga oshirilishi, hamda zarur infratuzilma — yo‘laklar, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya sharoitlari va obodonlashtirish ishlari holati ham o‘rganildi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida ishlarni sifatli, o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Abdinazarov

Slide 1 of 6