Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan maktab.

 Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan maktab.

 O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, maktablarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, sanitariya va gigiyena, ichimlik suv bilan ta’minlash masalalari, afsuski, to‘la hal etilayotgancha yo‘q. Bolalar maktablarda toza suv va munosib sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. Toza ichimlik suvi yo‘qligi bolalar sog‘lig‘iga va davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar “Qo‘shhovuz” mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida ichimlik suv ta’minoti o‘rganildi. Bugungi kunda maktabda 300 dan ortiq o‘quvchilar hamda 30 dan ortiq pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Eng achinarli holat ushbu maktab shahar markazida joylashishiga qaramasdan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. 

 Maktabda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi hamda pedagog-xodimlar iste’molga yaroqsiz suvdan foydalanib kelayotganligi, bu esa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena me’yorlariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. 

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Slide 1 of 3