Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Nurobod tumanida ijtimoiy himoya va energiya samaradorligi yo‘lida muhim qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, tumandagi ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 31 ta oila xonadonida muhim qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

🏠 Jumladan, ushbu xonadonlarda:

devor va tom qismlarini issiqlik izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish, quyosh panellari yoki geliokollektorlar o‘rnatish ishlari bajariladi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 

30-yanvardagi PF-17-sonli farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu farmonga ko‘ra, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida yo‘lga qo‘yilgan.

💰 Nurobod tumani “mahalla yettiligi” xulosalari asosida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun zarur qurilish materiallari va jihozlarni xarid qilish maqsadida jami 1 milliard 916 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi ma’qullandi.

✅ Ushbu loyiha aholining yashash sharoitini yaxshilash, energiya tejamkorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2