Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#kengash_raisi #96_ta_qonun

✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D. Ulug‘boyeva hamda Toyloq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i N. Atamurodov Toyloq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✔️Tashrif davomida bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi, xizmatlar sifati va aholiga yaratilayotgan qulayliklar atroflicha o‘rganildi.

✔️Ayniqsa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qayd etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida har bir bola tug‘ilganidan boshlab uning huquqiy maqomini belgilash, shaxsini davlat tomonidan e’tirof etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, xizmatlardan foydalanishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, jumladan, elektron tizimlar orqali ariza topshirish imkoniyatlarini kengaytirish, navbatlarni qisqartirish va xizmat ko‘rsatish muddatlarini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.

✔️Mas’ullar tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limida aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Mazkur tashrif fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3