Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xotin-qizlar masalalari deputat nazoratida ko’rib chiqildi. Ayollarning ijtimoiy faolligi, bandligi va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallada xotin-qizlar masalalari 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tomonidan atroflicha o’rganildi. Bu jarayonda ayollarning ijtimoiy faolligi, bandligi va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus ravishda uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlari, kichik tadbirkorlik faoliyati, savdo-sotiq, xizmat ko’rsatish va kasb-hunarlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib borildi. Ular o’zini qiziqtirgan muammolar va takliflarni bildirish imkoniga ega bo’ldi. Ayniqsa, to’qimachilik, tikuvchilik, so’nggi zamonaviy kasb-hunar kurslari orqali malaka oshirish va uy sharoitida daromad topish yo’llari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tikuvchilik va boshqa kasb-hunar kurslarini tashkil etish, doimiy ish o’rinlari yaratish bo’yicha aniq vazifalarni belgiladi.

Mazkur tadbirlar mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni qo’llab-quvvatlash va jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputat tomonidan bu yo’nalishdagi ishlar muntazam nazorat qilib boriladi va samaradorligini oshirish bo’yicha zarur tavsiyalar berib boriladi

  

Slide 1 of 1