Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#96_ta_qonun #doimiy_komissiya #nazorat_tahlil

✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Sidikov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari A. Abduqodirov va S. Rashidovlar Toyloq tumani dehqon bozorida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narx-navosini o‘rganish yuzasidan monitoring ishlarini olib bordilar.

✔️O‘rganishlar davomida bozorda sotilayotgan mahsulotlar narxlarining asosliligi, ularning sun’iy ravishda oshirilish holatlari mavjud yoki yo‘qligi, savdo jarayonlarining amaldagi tartib-qoidalarga muvofiqligi tahlil qilindi. Fuqarolar va sotuvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

✔️Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida ish olib borildi. Narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bozorlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, yoshlar vakillarining bunday o‘rganishlarda ishtiroki jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

✔️Ushbu monitoring ishlari hududda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda bozor faoliyatini tartibga solishda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5