Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#24_ta_masalaSaylovchilar bilan ochiq muloqot — muammolar yechimining muhim omili

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tomonidan xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashida vakant deputatlik o'rni 10-Payshanbasiyob saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv aholining muammo va takliflarini o‘rganish, ularning murojaatlarini tinglash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik, kommunal xizmatlar sifati va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli tartibda qayd etildi.

B. Xamrayev o‘z nutqida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning dardini tinglash va imkon qadar tezkor yechim topish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar e’tiborsiz qolmayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishi muhimligini qayd etdilar.

Bunday ochiq muloqotlar joylarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, aholi ishonchini oshirish hamda hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3