35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Toyloqda “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishildi

✅O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toyloq tuman Kengashi apparat rahbari Zoyirjon Ziyodullayev hamda O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova partiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovi doirasida tashkil etilgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi asosida tumandagi Navzandak va Adas mahallalarida bo‘lib, tadbirkor, tikuvchi va tomorqachi xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdilar. 

 ✅Navzandak mahallasida yashovchi tikuvchi Feruza Soliyeva 15 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida mahalladagi 2 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan bo‘lib, bugungi kunda 30 nafarga yaqin shogirdlariga kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqda. 

 ✅Shu mahallada istiqomat qiluvchi tomorqachi ayol Zuxra Do‘storova esa xonadonidagi 5 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, rayhon, pomidor va gul ko‘chatlarini yetishtirmoqda. Uning aytishicha, oilasi bilan shu mo‘jazgina hovlida mehnat qilib, barqaror daromad topib kelmoqda. 

 ✅Adas mahallasida yashovchi Feruza Qorayeva esa 20 yildan buyon turli xil pishiriqlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. U mahalladagi 5 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan bo‘lib, shu kunga qadar 50 nafarga yaqin shogirdlarga o‘z mahoratini o‘rgatgan. 

 ✅Bunday tashabbuskor va mehnatsevar ayollar mahalladagi xotin-qizlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular o‘z mehnati orqali nafaqat oilasi daromadini oshirib, balki boshqa ayollarni ham ish bilan ta’minlab kelmoqdalar. 

 ✅Shuningdek, mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda hududlardagi hokim yordamchilarining ham munosib hissasi bor. Ana shunday tadbirkor xotin-qizlar faoliyati tufayli Toyloq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 7