35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SUVBOSHI MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI ATROFLICHA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati S.Vosiyev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G.Raximovalar tomonidan Suvboshi mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla raisi, ijtimoiy xodim va mahalla faollari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish hamda ularning muammolarini hal etish yuzasidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4