Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Samarqand shahar Kengashi raisi 23-maktab oʻquvchilari bilan yuzma-yuz muloqotda

Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi raisi Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich faol ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuvda Samarqand shahar prokurori Baxtiyor Ismatullayevich hamda Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari ham qatnashdi.

 Uchrashuv davomida oʻquvchilarning oʻquv jarayonlari, toʻgarak va klublar faoliyati, maktabda yaratilgan sharoitlar va ular uchun qulayliklar masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, oʻquvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonida duch kelayotgan muammolari tinglandi, ular tomonidan bildirgan taklif va fikrlar diqqat bilan oʻrganildi.

 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi raisi Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich oʻquvchilarga ta’lim va yoshlar sohasida koʻmak berishga doim tayyor ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, barcha zarur yordam va koʻmakni koʻrsatishga shay ekanini bildirib, yoshlarning intilishlari va qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlashni ustuvor vazifa deb qabul qilishini qayd etdi.

 Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati va istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Bu kabi uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning talab va istaklarini o‘rganish hamda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri tushuntirish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1