35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌 Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur jamg‘arma tomonidan mablag‘ ajratish jarayonlari doimiy komissiya a’zolari tomonidan dastlabki tarzda o‘rganib chiqildi. 

✅  Unda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning ahamiyati va ularni moliyaviy ta’minlash choralari muhokama qilindi.

✅ Tadbir davomida soha mas’ullarining hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy

👉https://www.facebook.com/groups/554941778978408/?ref=share&mibextid=NSMWBT

Slide 1 of 4