Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
📌 AMALIY NATIJALARGA ERISHILDI: 3-SONLI DMTT MUKAMMAL TA’MIRLANADI

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Qalandarova tomonidan olib borilgan izchil sa’y-harakatlar natijasida muhim amaliy natijaga erishildi.

♻️Xususan, Bo‘ribek Chandir MFY hududida joylashgan, ta’mirtalab holga kelib qolgan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini mukammal ta’mirlash masalasi ijobiy hal etildi.

♻️Deputat tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish, hududdagi bolajonlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir necha bor mutasaddi tashkilotlar va rahbarlarga murojaatlar yo‘llanib, tegishli deputat so‘rovlari kiritildi.

♻️Ko‘rilgan amaliy choralar o‘z samarasini berib, ushbu muassasa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qarori va 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorlari asosida shakllantirilgan manzilli dasturga kiritildi. (Xalq deputatlari Olot tuman Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-19-20-2-31-K/26-son) (https://kengash.gov.uz/doc/246010)

♻️Mazkur dasturga muvofiq, 2026-yilda 3-sonli DMTTda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

♻️Mazkur natija hududda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

Slide 1 of 5