Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat so‘rovi asosida yo‘ldagi muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5-To‘quvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevich tomonidan 2026-yil 27-mart kuni yuborilgan 20-ds-420-26-son deputat so‘rovi asosida hududda aniqlangan muammo ijobiy hal etildi.

Mazkur so‘rov Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.A.Vaxabovga yo‘llangan bo‘lib, unda “Boshliq” mahallasi Qushbegi ko‘chasida, mahalla arkasidan Salor kanaliga qadar olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida yo‘lning ayrim qismida asfalt qoplamasining jiddiy cho‘kishi yuzaga kelgani qayd etilgan edi.

🔍 Deputat tomonidan ko‘tarilgan mazkur masala tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, muammo bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

🔹 Natijada nosoz holatga kelib qolgan yo‘l qismi qayta ta’mirlanib, yangi asfalt qoplamasi yotqizildi hamda yo‘l infratuzilmasi to‘liq tiklandi.

🚧 Amalga oshirilgan ishlar hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratdi, yo‘l sifatini sezilarli darajada yaxshiladi.

🤝 Deputatlik so‘rovlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va muammolarning amaliy hal etilishi fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1