Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

 🔎 Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-Mehr saylov okrugi deputati D.Karamatov tomonidan Zafar mahallasida “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan moliyaviy va amaliy yordamlar, kredit ajratish, subsidiya va imtiyozlardan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

🏡 Bundan tashqari, aholining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.