Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tahlil qilish, joylarda qonun talablariga rioya etish holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda o‘qituvchilarning qonun bilan kafolatlangan huquq va imkoniyatlari to‘liq ta’minlanishini baholash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida deputat tomonidan ta’lim muassasalarida qonun ijrosini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, pedagoglarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning mehnatiga asossiz aralashuvlarni bartaraf etish, ortiqcha majburiy ishlarga jalb etilishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoya va rag‘batlantirish choralarini kuchaytirish masalalari alohida e’tiborga olindi.

Qonun talablariga muvofiq pedagoglarga nisbatan hurmat muhitini shakllantirish, ularning kasbiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldidagi vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida pedagog xodimlar tomonidan qonun ijrosi bilan bog‘liq muammoli masalalar, amaliyotda uchrayotgan kamchiliklar va takliflar tinglandi. 

Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarda nazorat tadbirlarini kuchaytirish hamda ushbu masalalarni Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 3