Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
Deputat faoliyatidan

 “Chuvildoq” mahallasida ijtimoiy himoya masalalari tahlil qilindi 

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi
deputati Noila Kuchkarova tomonidan saylangan okrug hududidagi “Chuvildoq” mahallasida
aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, joylarda ijtimoiy himoya tizimining amaliy
holati atroflicha o‘rganildi.
 

 Uchrashuvda mahalla faollari, “mahalla
yettiligi” vakillari hamda fuqarolar ishtirok etib, aholini qiynayotgan dolzarb
masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj
toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlari hamda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari
deputat e’tibor markazida bo‘ldi.
 

 O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat
yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati tahlil qilinib, aholining ehtiyojmand
qatlamini aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar o‘rganildi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda hujjatlarni rasmiylashtirish,
ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
 

 Mazkur o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari
tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari ham faol ishtirok etib, mavjud holat yuzasidan
tegishli qaydlar yuritdilar. Bu esa aniqlangan muammolarni tizimli ravishda bartaraf
etish va mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish imkonini berishi ta’kidlandi.
 

 Uchrashuv yakunida deputat Noila Kuchkarova
aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish
va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini
qayd etdi. Shuningdek, bunday o‘rganishlar joylardagi haqiqiy holatni aniqlash va
xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida urg‘ulandi.
 

   

Slide 1 of 3