Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M. Umaraliyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev Qanjirg‘a mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, yoshlar bandligini ta’minlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ular yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan hamda yordamga muhtoj xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini keng targ‘ib etish, xususan, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hamda erta nikohlarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar jarayonida Qanjirg‘a MFY Yangi avlod ko‘chasida istiqomat qiluvchi O. Anarboyeva o‘z mablag‘lari hisobidan milliy shirinliklar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ayni paytda 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlayotgani e’tirof etildi.

O‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7