Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Sharlauk mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaga oid muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, fuqarolarga zarur tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tizimli ravishda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, fuqarolar tomonidan Hummiztepa ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish masalasi dolzarb muammo sifatida ko‘tarildi. Ushbu masala hudud aholisi xavfsizligi va qulayligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovlari yuborish, masalani nazoratga olish hamda uning ijobiy yechimini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3