Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
NAYMAN MAHALLASIDA IJTIMOIY YORDAM ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Z. Axmedova va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyevlar Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Ijtimoiy xodim tomonidan fevral oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat ta’minotidagi hamda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan 31 ta oilaga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 15 nafar fuqaroga oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, 7 nafar fuqaro POM RTV mahsulotlari bilan ta’minlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari hamda Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Chek mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-son qaroriga muvofiq, Toshloq tumani “Chek” MFY hududida joylashgan 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari manzilli ro‘yxatga kiritilgan. Hozirgi kunda ushbu loyiha bo‘yicha pudrat tashkilotlarini aniqlash maqsadida tender tanlovlari jarayonlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning holati, tayyorgarlik bosqichlari hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 8